Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyaga ishchi viza qachon tiklanadi? Migratsiya oid savollarga javob berildi

Koreyaga ishchi viza qachon tiklanadi? Migratsiya oid savollarga javob berildi

10 ming nafar fuqaro Rossiyaga soddalashtirilgan tartibda ishga jo‘natiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tashqi mehnat migratsiya agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.

Shuningdek, migratsiyaga oid qator savollarga javob berildi. 

Hozirgi vaqtda Rossiyada ishlash bo‘yicha qanday imkoniyatlar mavjud?

Rossiyada ishlash istagidagi 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi rus tilida muloqot qila oladigan, qurilish yo‘nalishida kasb-hunarga va xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi lozim.

Rossiya yoki Qozog‘istondan boshqa dunyoning rivojlangan davlatlariga ham ishga ketish imkoniyati bormi?

Bugungi kunda chet elda ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy bandligini ta’minlash maqsadida Germaniya, Slovakiya, Yaponiya, Litva, Latviya, Bolgariya, Isroil davlatlarida ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalari, xususan, yuk mashinasi haydovchisi, uy xo‘jaligi ishchisi, tibbiyot, tikuvchilik, elektro-texnika, payvandchi kabi yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.

Hozirgi vaqtda Koreya Respublikasiga ishchi vizasi bilan ketish mumkinmi?

Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi rasmiy bayonotiga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyi oxirida ishchi kuchi jo‘natuvchi barcha davlatlar, shu jumladan O‘zbekistondan Ye-9 ishchi vizasi bilan mehnat migrantlarini qabul qilish jarayoni tiklanishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring