Koreya – O‘zbekiston: madaniy meros targ‘iboti – turizm va hamkorlik asosi
Joriy yilning 30-aprel kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari va Koreya rivojlanish instituti (KDI) hamkorligida «Koreyada O‘zbekiston kuni» mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir c shahridagi Hongreong ilmiy majmuasi(«Hongreung Knowledge Complex»)da o‘tkazilgan bo‘lib, unda ayni vaqtda Koreyada stajirovka o‘tayotgan Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, Koreya rivojlanish instituti xodimlari va tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Dastlab koreyaliklar O‘zbekistonning boy tarixi, qadimiy shaharlari, turizm imkoniyatlari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishtirildi. So‘ng yurtimizning moddiy-madaniy merosi bo‘lgan hunarmandchilik buyumlari va milliy kiyimlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida ikki davlat vakillari birgalikda Xorazm lazgisiga raqsga tushgani koreyaliklarning O‘zbekiston madaniyatiga qiziqishini yanada orttirdi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan mevalar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va ular kelajakda yurtimizda mehmon bo‘lish istagini bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter