Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori (3-son, 03.01.2022-y.) bilan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyati uy-joydan foydalanishda qulay va xafsiz sharoitlarni yaratish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish uchun zarur xizmatlar va ishlarni qamrab oladi.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi uyga kirish qismida quyidagi ma’lumotlarni doimiy joylashtirib borishi shart:

  • boshqarish organining nomi, manzili, telefoni, ish tartibi, veb-sayti;
  • kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarniing aloqa telefonlari;
  • ta’mirlash ishlari vaqti;
  • majburiy badal, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori.

Boshqarish organi avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan 24 soat ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi kerak.

Bunda avariya-dispetcherlik xizmati mulkdorlarning qo‘ng‘iroqlariga 3 minutdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda javob berishi lozim.

Shuningdek, xonadonlardagi kanalizatsilar tiqilib qolganida va ifloslanish holatlari bo‘lganida bu holatlar 2 soatda bartaraf etilishi kerak.

Sovuq, issiq suv, issiqlik va elektr ta’minoti va kanalizatsiya avariyaviy shikastlanganda bu holatlar 3 kunda bartaraf etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring