Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kommunal xizmat vazirligi shu paytgacha 90 foiz ishni bajarmagan

Kommunal xizmat vazirligi shu paytgacha 90 foiz ishni bajarmagan

Senat.uz

2019-yil davomida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi zimmasiga 28 ta maqsadli vazifa yuklatilgan bo‘lib, shundan 8 tasi birinchi yarim yillikda bajarilishi lozim edi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganilganda 8 ta topshiriqdan bor-yo‘g‘i 1 tasi bajarilgani aniqlangan. Ya’ni 90 foiz ish bajarilmay qolib ketgan.

25-iyul kuni Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi belgilangan maqsadli vazifalarni bajarish yuzasidan hisoboti eshitilgan.

Bajarilmagan ishlar:

  • Buxoro va Toshkent viloyatlarining 8 ta qozonxona va 6,79 km issiqlik tarmoqlarini foydalanishga topshirilmagan;
  • zamonaviy ichimlik suvi o‘lchash asboblari va uskunalarini xarid qilish uchun moliyalashtirish manbalari bugungi kunga qadar aniqlanmagan;
  • mavjud normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy va texnik xatlovdan o‘tkazilmagan;
  • “Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmagan;
  • Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlarini boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan.

Shuningdek, majlisda vazirlik tomonidan 2019-yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 12 ta vazifaning ham ijrosi sust darajada ekanligi aytilgan.

Majlisda muhokama yakuni bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2019-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari qoniqarsiz deb topildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring