Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda UJKXK amaldori qo‘lga tushdi

Samarqandda UJKXK amaldori qo‘lga tushdi

Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, bir fuqaro bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirgan.

Unga tuman tibbiyot birlashmasining foydalanilmayotgan omborxonasini olib berish uchun 10 ming dollar talab qilishgan. «O‘zbekiston24» telekanali xabarida qaysi tuman ekani ochiqlanmagan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ular oldindan 5 ming dollar mablag‘ni olgan paytda ushlangan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring