Komil Allamjonov xorijning zo‘ravonlikka asoslangan targ‘ibotlaridan himoyalanish uchun muhim kelishuvga erishdi
25 aprel kuni Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi rahbariyati BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet bilan uchrashgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligining kechagi ahvoli, bugungi holati va ertangi kuni qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi muhokama qilingan. Yillar davomida yopiq bo‘lgan matbuot Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli bugun ochilgani, bu yo‘lda qiyinchilik va muammolar hamon mavjud bo‘lsa-da, tanlangan yo‘l qat’iy ekani aytilgan.
Muloqotda o‘zbek matbuotining rivoji, uning erkin faoliyat ko‘rsatishi, eng muhimi — xorijning turli agressiv va zo‘ravonlikka asoslangan targ‘ibotlaridan himoyalanish uchun BMTning inson huquqlari bo‘yicha ofisi bilan yaqin hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter