Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koinotda juda katta portlash sodir bo‘ldi (foto)

Koinotda juda katta portlash sodir bo‘ldi (foto)

Foto:«Independent»

Mashhur «Qora tuynuk» koinotda ulkan portlashga sababchi bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, portlash 15 ta Somon yo‘lini ushlab turadigan juda katta galaktikada sodir bo‘lgan. Bu haqda «Independent» xabar tarqatdi.

Astronomlar portlash nega bunchalik kuchli bo‘lganini izohlay olmaydilar. Portlash 390 million yorug‘lik masofasida joylashgan galaktikadan aniqlandi va bu avvalgi rekorddan besh baravar katta deganidir. Olamda ma’lum bo‘lgan eng kuchli portlashlar gamma-nurli portlashlar hisoblanib, yangi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, portlashlarni yorug‘lik nurlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: BBC Science Focus

Tadqiqotchilar gigant yulduzlarning o‘limi yoki neytron yulduzlarning, qora tuynuklarning birlashishi bu portlashlarni keltirib chiqarmoqda deb taxmin qilmoqda.

Izlanishlarga ko‘ra, gamma-nurlarning yorilishi g‘ayrioddiy kuchli gamma-nurlarini keltirib chiqaradi. Ammo olimlar bunday dahshatli nur energiyalarini 100 milliard elektron voltdan yuqori bo‘lgan fotonlar payqash imkoniga ega emas.

Taqqoslash uchun, bu «bizning ko‘zlarimiz sezgir bo‘lgan optik nurga qaraganda 100 milliard baravar kuchliroq va bizning suyaklarimiz rentgenografiyasini olishda ishlatiladigan rentgen fotonlariga qaraganda 100 million baravar kuchliroq».

Hozircha portlash tugadi, deb taxmin qilinmoqda: «Qora tuynuk»dan hozircha faollik kuzatilgani yo‘q. Qayd etish kerakki, «Qora tuynuk» bizning galaktikamizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring