Kattaqo‘rg‘onda yuz bergan voqea «Munosabat» ko‘rsatuvida muhokama etiladi
Bugun soat 18:00da «O‘zbekiston» telekanalining «Munosabat» ko‘rsatuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
E’tiborlisi, ushbu ko‘rsatuvda so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama etilayotgan mavzu — tahqirlangan kattaqo‘rg‘onlik ayol voqeasiga ham e’tibor qaratiladi.
Ko‘rsatuv ijodkorlarining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, unda ushbu voqea, kelib chiqish sabablari va oqibatlari tegishli davlat organlari vakillari tomonidan muhokama etiladi.
Aytish kerakki, bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning aksariyati ushbu muammoni televideniye orqali ko‘tarish lozimligini ta’kidlayotgan edi. O‘zMTRK rahbariyati ana shu talab va istaklarni inobatga olgan holda mazkur qarorga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter