Katta yo‘ldagi «inomarka»: haydovchiga chora ko‘rildi, video muallifining shaxsi aniqlanmoqda
Katta yo‘ldagi «inomarka» haydovchisiga chora ko‘rildi, videolavha muallifining shaxsi aniqlanmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda «Range Rover» rusumli, 01517LJA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan turli xavfli manyovrlar bilan harakatlanganligi aks etgan video tarqalgandi.
Mazkur video o‘rganilib, haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Nishonov Dilmurod Zokirovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi 2-qismi bilan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy telegram-sahifasida ma’lum qilindi.
«Har qanday qoidabuzarlik va huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Ayrim ijtimoiy tarmoq obunachilaridan asoslantirilmagan, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli noo‘rin izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmaslikni so‘raymiz.
Holatda aks etgan barcha ishtirokchilarning xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi, mazkur yo‘nalishda surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu videolavhani tasvirga olgan transport vositasi haydovchisi hamda «Nexia 3» rusumli avtomobilni boshqargan haydovchilarning shaxsini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda, ularning harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter