Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin sabab harbiy itlardan foydalanish ko‘lami kengaytirildi

Karantin sabab harbiy itlardan foydalanish ko‘lami kengaytirildi

Markaziy harbiy okrugidagi xizmat itlarini asosiy qismi harbiy ob’yektlarni qo‘riqlashga va blok-postlardagi xizmatga jalb qilingan. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonida 30 ga yaqin xizmat itlari uchun kichik pitomniklar barpo etilgan. Okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat itlari iz va mina qidiruv hamda qoravullik-qo‘riqlov xizmatiga safarbar etiladi.

Xizmat itlari bilan ertalab va kunni ikkinchi yarmida 2 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Kinolog boshqa okrugga yoki harbiy qismga xizmat zaruriyatiga ko‘ra ko‘chsa, xizmat it ham harbiy xizmatchi bilan yuboriladi.

Har yili an’anaviy tarzda mudofaa vazirligi miqyosida kinologlar chempionati o‘tkaziladi. 2020 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or mutaxassis – kinolog» ko‘rik-tanlovida okrug sharafini oddiy askar Mirjalol To‘ramurodov «Seam» va Doston Qodirov «Vega» hamda Bekzod Abdulboqiyev «Groy» laqabli xizmat itlari bilan munosib himoya qilib, sovrindor bo‘ldi.

Odatda, xizmat itlarini asosiy qismi mashg‘ulotlarga va harbiy obe’ktlarni qo‘riqlashga jalb qilinar edi.

Karantin tadbirlari sabab, endilikda xizmat itlari tunda, ko‘rinishi yomon bo‘lgan (tuman) vaqtlarda, zaruriyat bo‘lganda kunning istalgan paytida blok-postlarga jalb qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring