Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Komiljon Shamsiddinovning «Artel» bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal bo‘ldi

Jurnalist Komiljon Shamsiddinovning «Artel» bilan bog‘liq muammosi ijobiy hal bo‘ldi

Foto: «Gazeta.uz»

Yaqinda «Xabar.uz»da jurnalist Komiljon Shamsiddinovning «Artel» kompaniyasi bilan bog‘liq shikoyatini e’lon qilgan edik. Jurnalistning ma’lum qilishicha «Artel» kompaniyasi vakillari aloqaga chiqqan va muammoni ijobiy hal etgan.

«Kecha kompaniya vakillari kelishdi hamda adolat haqqi-hurmati aytish lozim — servis xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan bizning masala ijobiy hal etildi. Albatta, kompaniya rahbariyatining masalaga befarq bo‘lmagani, unga operativ yechim topishga intilishi, muammoni tan olib, uzrini bayon etishi – quvonarli. Jamiyatimizdagi omma fikriga bo‘lgan e’tiborning oshayotgani, matbuot qudratga aylanib borayotgani, erkin so‘zga quloq berilayotgani esa – ikki karra quvonchli. Harholda, o‘zim bilan bog‘liq bo‘lgan mana shu misolda bunga ishondim. Ishoning, shu yo‘sinda ketsa, yaqin kelajakda — jamiyatga ham, uning a’zolariga ham yaxshi bo‘ladi», — deb yozdi jurnalist o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring