Jurnalist Anora Sodiqovaga tahdidlar bo‘layotgani aytilmoqda
«Rost24» jurnalisti Anora Sodiqova e’lon qilgan materiali uchun bosim va tahdidlarga uchrayotganini ma’lum qildi.
«Men bu maqolani prezidentning to‘rtinchi hokimiyat bo‘linglar, ortingizda men turibman degan gaplariga ishonib yozgandim. Lekin saytdan olib tashlashga majbur bo‘lyapman», deya izoh qoldirdi u. Shuningdek, tahdidlarga sabab bo‘lgan videomaterialni ham e’lon qildi.
Holatga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirdi: «Jurnalist Anora Sodiqova atrofida bo‘layotgan holatdan biz xavotirdamiz. Qonun ustuvor davlatlarda har qanday ziddiyatli holatlar (agar u bo‘lsa) faqat sud orqali hal qilinishi kerak. Jurnalistga tahdid qilishga, umuman tahdidlarga hech kim haqli emas. U zamonlar o‘tib ketdi. Qaytarishga urinmang. Fond bu holatni kuzatib boradi».
«Xabar.uz» avvalroq so‘nggi yillarda jurnalistlar duch kelgan qarshilik va bosimlarga aloqador ayrim voqealarni eslab o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter