Jizzaxlik fermerga Prezident mashina sovg‘a qildi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi «Musurmon ota» fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova samarali va fidokorona mehnati uchun 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident sovg‘asi — «Nexia-3» avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998 yilda farzandlarini yoniga olib, paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda.
Opa el-yurtning manfaatini ko‘zlab ishlaydigan fidoyi insonlardan. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘zining burchi, deb bilishi bilan ko‘pchilikning hurmatini qozongan, deyiladi O‘zA xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter