Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda fuqaro elektr energiyasidan qariyb 250 million so‘m «qarz» bo‘ldi

Jizzaxda fuqaro elektr energiyasidan qariyb 250 million so‘m «qarz» bo‘ldi

Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro S. Karimov iste’molchilar federatsiya 1091 ishonch telefon orqali murojaat qildi. U o‘z murojaatida elektr energiyasidan 249 847 000 so‘m qarzdorlik yozilganligi bo‘yicha xabar kelganligini, bu bo‘yicha shahar elektr ta’minotiga murojaat qilganida, e’tiborsiz qoldirganini keltirgan.

Fuqaro 20 kun elektr energiyasiz qolgan. Iste’molchi qayta-qayta murojaat qilganidan so‘ng elektr ta’minoti MIBga, MIB bo‘lsa yana elektr ta’minotiga murojaat qilishini aytgan. Ikki orada iste’molchi sarson, salkam 250 million qarz hazilakam so‘mma emas.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va iste’molchiga 249 847 000 so‘m asossiz qarz yozilgan bo‘lib, aslida iste’molchi elektr energiyasidan oldindan 252 000  so‘m haqdorligi aniqlandi. Iste’molchining murojaati ijobiy hal bo‘ldi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring