Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari o‘z ishiga sovuqqonlik qilgani uchun jazolandi
Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bekzod Umurzoqov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun jazolangan.
Shahar hokimi imzolagan qaror bilan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli qarori asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirish, investitsiya loyihalari doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, muammoli loyihalarni ishga tushirishga ko‘maklashishda o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashayotgani sababli» unga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Hokim o‘rinbosari aynan qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter