Jazirama qachongacha davom etishi ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 6—10-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 7-iyundan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlari kirib kela boshlaydi. O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni 38-39 daraja atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu ushbu davr uchun me’yordan 5-6 darajaga yuqoridir.
10-iyun, juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shu kuni havo harorati 32-37 daraja bo‘ladi.
7—9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter