Jayron ovlovchilar ushlandi
Sudoche-Akpetkey buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Taxiatosh tuman inspeksiyasi boshlig‘i bilan birgalikda Taxtako‘pir tuman hududida tezkor reyd tadbiri amalga oshirildi.
Ushbu tadbir davomida Taxtako‘pir tumani «Qoңiratkөl» OFYda yashovchi fuqarolar Ye.A va B.K, Yu.S, U.Alar tomonidan noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 1 bosh jayron va 1 ta quyonni ovlagani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter