Jahongir Ortiqxo‘jayev «Obod mahalla» dasturi ijrosi bilan tanishdi (foto)
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Prezident qarori doirasida amalga oshirilayotgan «Obod mahalla» dasturi ijrosi bilan tanishdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar miqyosida 11 tumanning har birida «Namunaviy mahalla» loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod, Tirsakota hamda Xirmontepa mahallalarida bu borada amaliy ishlar qizg‘in kechmoqda.
Mahallalardagi 3054 ta xonadonlarning tashqi ko‘rinishi, binolarning yo‘laklari, fasadlari zamon talablari darajasiga olib chiqish. Mavjud inshootlarning atrofini obodonlashtirish, deyarli har bir ko‘cha atrofidagi daraxtlar shahar infratuzilmasiga mostlashtirilmoqda. Ijtimoiy soha ob’yektlari, ichimlik suvi, elektr ta’minoti kabi muhim sohalar yillar davomida qarovsiz holga kelib qolgan, ular zamonaviy jihozlar bilan ta’mirlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter