Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyida eng ko‘p piyoda yurib eng ko‘p mablag‘ni qo‘lga kiritgan yurtdoshimiz aniqlandi

Iyul oyida eng ko‘p piyoda yurib eng ko‘p mablag‘ni qo‘lga kiritgan yurtdoshimiz aniqlandi

Foto: «Corsa-club.ru»

Yurtdoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiluvchi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida iyul oyi yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Bu safar ham piyoda yurish bo‘yicha g‘oliblik yana Toshkent shahri vakiliga nasib etdi. Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Toirov Ulug‘bek Shomuhiddinovich o‘tgan oy davomida respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p, ya’ni 1 888 231 qadam bosib o‘tgan. U tuman va shahar bosqichlarida ham eng ko‘p yurgan inson sifatida umumiy miqdorda 1 mln. 800 ming so‘mdan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyun oyi yakuniga ko‘ra, Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Timur Rafikovich Axmadullin g‘olib deb topilib, 1 million so‘m miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring