Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiq ob-havo qachongacha davom etadi?

Issiq ob-havo qachongacha davom etadi?

Foto: «Xabar.uz»

Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

5-9 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo 37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda 41-42 darajagacha isiydi..

Bunday harorat iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir. Ammo ushbu davrda bundan ham yuqori harorat qiymatlari kuzatilgan. Shunday qilib, 2021 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligida markaziy hududlar bo‘yicha havo harorati 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tarilgan.

Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu haftada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 7-8 iyunda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda 5-9 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat hafta boshida 35-37 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 38-40 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring