«Ishoning, loyiha 50 foizga o‘zgaradi» - Agentlik rahbari katta gapirvormadimi?
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mazkur tuzilma faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi xususida ham so‘z yuritildi. Ma’lumki, shu kunlarda «O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Tadbirda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri savol berdi: muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihalari vaqti-soati yetib qabul qilinganda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘rib bo‘ldik hisob, shunday achchiq tajribadan kelib chiqilsa, agentlik faolyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjat taqdiri ham bunday ehtimoldan holi emasligini tasavvur qilish mumkin. Agar shunday manzara yuz bergudek bo‘lsa, agentlik oldiga qo‘ylayotgan hazilakam vazifalarni to‘la bajarishida muammolar yuzaga kelmasmikan?
Agentlik rahbari Akmal Burhonov javobi shunday bo‘ldiki, qonun loyihasi 50 foizga o‘zgaradi, bunga ishonavering. Hozirning o‘zida bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, loyihaga 30 foiz o‘zgartirishlar kiritildi.
Muhokama esa hali davom etmoqda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter