Ish vaqtida uyquni yengish yo‘llari ma’lum qilindi
Aqliy mehnat bilan bog‘liq ko‘plab mehnat turlarida ish beruvchilar xodimlarining uxlab qolishidan aziyat chekishadi. Aslini olganda bu tabiiy jarayon bo‘lib, aqliy mehnat kuchli toliqishga sababchi bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar uyqusizlikni yengishning eng samarali va zararsiz usuli bu jismoniy faoliyat ekanligini ta’kidlashmoqda.
Jismoniy faoliyat orqali odam qisqa vaqt ichida tanasini ish faoliyatiga qayta sozlab oladi. Shuningdek bu stress darajasini pasaytirishi mumkin.
Shuningdek, toza ichimlik suvi ishdagi uyquga qarshi kurashishga yordam beradi. «Agar siz uni muntazam ravishda ichsangiz, bu faol bo‘lishingizga yordam beradi», deb tushuntiradi olimlar.
Sidney shahrida yashovchi Oliviya Arezzolo ilgari uyqusizlikning xavfli oqibatlarini aniqlagandi. Uyqusizlikning dastlabki belgilari ko‘karishlar va ko‘zlar ostidagi shishlardir. Ko‘zlar ostidagi salqilik uyqu yetishmasligidan terining haddan tashqari qurishi, namlanib qolishi uchun suvni tortib oladi.
Yana shuni aytishimiz mumkinki, ko‘plab yirik kompaniyalar ishxonada basseyn, trenajyor zallari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan va bu kompaniyalar o‘z xodimlariga ish paytida hordiq uchun ma’lum vaqt ajratadi. Bu nafaqat ish sifatiga, balki kompaniya faoliyatiga rivoj olib keladi.
Siz ham xodimlaringizga shunday sharoit yaratib bering va kompaniya va ishxonaningizni rivoji uchun yaxshi qadamlarni tashlang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter