Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqlim ta’siri va barqarorlik uchun yashil innovatsiyalar mavzusi muhokama etildi

Iqlim ta’siri va barqarorlik uchun yashil innovatsiyalar mavzusi muhokama etildi

Joriy yilning 5 dekabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESCAP), Osiyo va Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi (APCTT) hamkorligida «Iqlim ta’siri va barqarorlik uchun yashil innovatsiyalar» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada 14 ta davlatning texnologiyalar transfer va innovatsiyalar sohasiga mas’ul davlat tashkilotlarining rahbarlari, ESCAP ijrochi kotibi A.S.Alishaxbana, APCTT rahbari P.Soni, shuningdek, siyosatchilar, tadqiqot institutlari vakillari, sanoat rahbarlari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

APCTT rahbari Preeti Soni konferensiyada so‘zga chiqdi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqaror rivojlanish uchun iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashish ehtiyojlarini qondirish maqsadida yashil texnologiyalarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. APCTT rahbari o‘z nutqi davomida a’zo davlatlar bilan birgalikda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining kelajak barqarorligi uchun texnologik innovatsiyalarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tadqiqot institutlari vakillari, sanoat rahbarlari, tadqiqotchilar tomonidan iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolarini hal qilishda yashil texnologiyalarni tatbiq etish, ularning tranferini amalga oshirishda transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va iqlim o‘zgarishini oldini olish uchun davlatlar o‘zaro hamkorlikda ish olib borilishiga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring