Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga rais bo‘ldi

Bosh vazir o‘rinbosari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga rais bo‘ldi

Foto: XPK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5352-son farmoniga muvofiq, Xolmurodov Suxrob Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring