Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligi yo‘l sohasida moliyalashtirilmagan loyihalarni ko‘rib chiqadi

Innovatsiya vazirligi yo‘l sohasida moliyalashtirilmagan loyihalarni ko‘rib chiqadi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida mamlakatimizning shahar va hududlarida transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki idora yig‘ilishida atoqli olimlar, sohaning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar. Bu haqda Innovatsiya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2019-2021-yillar va 2030-yillargacha bo‘lgan transport infratuzilmasi rivojlanishining uzoq muddatli va qisqa muddatli strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqishning boshlanishiga xizmat qildi.

Uchrashuvning yana bir muhim jihati shundan iborat bo‘ldiki, yo‘l qurilishi sohasidagi avvallari moliyalashitirish va amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga kelishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring