Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada «O‘zbekistonga sayohat» foto ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda

Indoneziyada «O‘zbekistonga sayohat» foto ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda

Foto:«Visituzbekistan.id»

Joriy yilning 7-17-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi «Istiqlol» muzeyida «O‘zbekistonga sayohat» nomli foto ko‘rgazma tashkil etiladi. Bu haqda Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi. 

Foto ko‘rgazma doirasida «O‘zbekiston ulamolar yurti» nomli konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.

Foto:Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi 

Unda o‘tgan yil davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik sayyohlar olgan fotosuratlardan saralangan 100 tasi namoyish etiladi. Ko‘rgazmada universitet professorlari, talabalar va sayyohlarning shaxsiy foto arxividagi rasmlarni ham uchratish mumkin. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Indoneziyada keng targ‘ib etish, ikki davlat o‘rtasida turizmini rivojlantirish, turizm sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish va O‘zbekistonni dunyodagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida namoyon etishdan iboratdir.

Foto ko‘rgazmada namoyish etiladigan fotosuratlar www.visituzbekistan.id sayti orqali ham e’lon qilinadi.

Tadbir Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Indoneziyadagi O‘zbekiston turizm elchisi professor Eko Shri Margianti hamda «Istiqlol» muzeyida ma’muriyati bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Shuningdek, foto ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan Ziyorat-turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum haqida keng ma’lumot berib o‘tish ham rejalashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring