Bu mening jonajon Xalqim, har bir mahalla, ko‘cha va xonadon men uchun aziz — Prezident (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kecha Buxoroda bo‘lib, kuchli shamol yetkazgan zarar oqibatlarini shaxsan o‘rgangani va mahalliy aholi vakillari bilan muloqotda bo‘lgani xabar qilingan edi. Prezident matbuot xizmati ushbu safar tafsilotlari tasvirlangan videolavhani namoyish etdi.
«Eng katta narsa — Sizning kayfiyatingiz buzilmasligi. Men o‘zim yetib kelganim sababi shu. Qo‘limda hamma ma’lumot bor.
Mehnat qilamiz, jipslashamiz. Ertaga daromadimiz bundan ham ko‘p bo‘ladi. Yana bir marta aytaman, men hamma qarorni qabul qilib bo‘ldim, hech qanday zarar bo‘lmaydi. Eng katta narsa — vahimaga tushmasdan, saranjom bo‘lib, odamlarimizni saqlashimiz kerak. Shuning uchun hammamiz extiyot, ogoh bo‘lib, har kunlik ishimizda davom etishimiz kerak.
Bu mening jonajon Xalqim — bitta mahalla ham, bitta ko‘cha, bitta xonadon ham men uchun aziz, mukarram. Mana shu aziz xalqimizni qutqarish ham qarz, ham farz. Hammamizga.
Birorta xonadon, birorta tashkilot va qishloq xo‘jaligi sohasida birorta fermerga zarar yetkazilmaydi. Uyining oldiga shiferini ham olib borib beramiz, taxtasini ham olib borib qo‘yamiz. Quruvchini ham karantindan o‘tib, sinalganini olib kelsak, xavf-xatar kamroq bo‘ladi.
Hech narsani o‘ylamang. Mana shu ulug‘ ayyom kunlarida yana bir marta aytamiz, Ilohim hamma balo shu bilan ketgan bo‘lsin», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter