Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Ilk bor ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Foto:«Soliq.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Islamova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda DSQ rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Nargis Islamova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, N. Islamova 1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1993-yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

N.Islamova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring