Olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
Muzqamoqlarda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida nazorat xaridi tadbiri o‘tkazildi. Unda «X XASANBOY VA XOLOD» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan «Xottabich» nomli muzqaymoqning 7 ta turi xarid qilindi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan uchta laboratoriyaga topshirildi.
Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, muzqaymoq qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan «Xottabich» nomli muzqaymoqning «Eskimo», «Bananli», «Fistashkali»,«Shokoladli», «Olxo‘ri mevali» va «Plombir» turlari tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlanganligi sababli bakteriologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha SanPin 0366-19 talablariga nomuvofiq deb topildi.
Shuningdek, mahsulotlar tarkibida shakar miqdori belgilangan me’yorlardan ikki barobarga ko‘pligi hamda iste’molchiga tegishli bo‘lgan 10 ga yaqin zarur ma’lumotlar taqdim etilmaganligi aniqlangan.
Mazkur holatda MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan «Xottabich» nomli muzqaymoqning «Eskimo», «Bananli», «Fistashkali», «Shokoladli», «Olxo‘ri mevali», «Olma mevali» va «Plombir» kabi turdagi mahsulotlari tarkibi hamda Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter