Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori bilan yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Foto:«Huquqiy axborot»

Hukumat qarori «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘z vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Avvalroq «Xalq ta’limi fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring