Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi ochildi

Hindistonda Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi ochildi

Kecha, 23-fevral kuni Hindistonning «Neo Institute of Medical Science and Technology» kompaniyasi bilan hamkorlikda Telangana shtatining Haydarobod shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Vakolatxonani ochishga Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori, professor Alisher Shodmonov borgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga safari davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Haydarobod shahridagi «Sri Sri Holistic» shifoxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Ushbu hujjat «Sri Sri Holistic» shifoxonasi negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalarining Hindistonda amaliyot o‘tashi va  professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkonini ham beradi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring