Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 100 ming ish o‘rniga 20 million odam ariza topshirdi

Hindistonda 100 ming ish o‘rniga 20 million odam ariza topshirdi

Foto: «AFR»

Hindiston davlat temiryo‘l kompaniyasining 100 ming kishilik ish o‘rniga 20 milliondan ortiq odam ariza topshirgan. Bu haqda temiryo‘l vazirligining rasmiy vakili ma’lumotiga asoslanib, «BBC» xabar qilmoqda.

«Arizalarni qabul qilish shanba, 30 mart kuniga qadar davom etishi hisobga olinsa, bu raqam yana oshishi aniq», — degan temiryo‘l rasmiysi.

Temiryo‘l politsiyasi, lokomotiv haydovchisi va texniklikka qabul qilish uchun 15 tilda onlayn testlar o‘tkaziladi.

Ishsizlik Hindistonda eng katta muammolardan biri bo‘lib, bu yerda millionlab odamlar ish o‘rniga ega emas.

Rasmiylar past va o‘rta darajada hisoblanuvchi ishlarga topshirilgan arizalardan ham hayratda ekanligini aytishgan.

«Juda ko‘p talabgorlar, hatto PhD darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar ham oddiy texniklik uchun hujjat topshirmoqda», — deya ularning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Economic Times».

Hindiston davlat temiryo‘l kompaniyasi bir milliondan ortiq ishchisi bilan dunyoda eng ko‘p ish o‘rniga ega kompaniyalardan sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring