Haydovchilar diqqatiga!
![Haydovchilar diqqatiga!](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1439977315.jpg)
Respublikamizning ayrim hududlarida ️yomg‘irli ob-havo kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan:
texnik nosozliklar, ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo‘lgan transport vositalaridan foydalanmasliklarini;
isitish tizimi nosoz bo‘lgan, avtotransport oynalari terlab sun’iy pardani hosil qilib, ko‘rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmasliklarini;
haydovchilar oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlashlarini;
belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilishlarini;
transport vositasini spirtli ichimlikdan mast bo‘lgan holda boshqarmasliklarini so‘rab qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter