Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi — O‘zgidromet

Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 16-20 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat janubiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 18 oktyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 18-20 daraja atrofida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmida esa havo kunduz kunlari 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda 16-20 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-8 daraja iliqdan 11-12 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. 16-17 oktyabr kunlari kunduzi 19-22 daraja, 18-20 oktyabrda 22-25 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring