Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har bir odam bilan “siz” deb gaplashish kerak» – Prezident huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga murojaat qildi

«Har bir odam bilan “siz” deb gaplashish kerak» – Prezident huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlaridan aholi bilan muloqotda muomala madaniyatiga e’tibor qaratishlari kerakligini so‘radi.

«Ichki ishlar xodimlari ham, Milliy gvardiya xodimlari ham, bilaman, charchashgan, lekin bu masalaga oqilona yondashishi, vaziyatdan kelib chiqqan holda, har bir odam bilan "siz" deb gaplashishi kerak.

Sekin shu karantindan chiqib ketishimizda, sizlar ham juda katta madaniyat bilan ularga munosabat bildirishingiz talab etiladi. Albatta, talabni ichida madaniyat ham bo‘lishi kerak.

Odamlarning shaxsiga tegmasdan tushuntirish ishlarini kuchaytirib, madaniyatni ham ko‘paytirsak, o‘ylayman, bu to‘g‘ri bo‘ladi» – dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda ishga borish-kelish, shifoxona, dori-darmon xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak.

Diqqat! O‘zgarishlarning kuchga kirish sanasi maxsus komissiya qarori bilan joriy etiladi!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring