Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haftaning birinchi qismi issiq va quruq kelishi kutilyapti

Haftaning birinchi qismi issiq va quruq kelishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya markazi boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Eron hududidan keladigan yozgi harorat qiymatlariga xos bo‘lgan juda issiq havo ta’sirida bo‘ladi. Ko‘pchilik viloyatlarda quruq, asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi.

Kunduz kungi havo harorati 32-35° gacha, janubda va cho‘l hududlarida 38° gacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ko‘pdir, biroq bu qiymatlar ushbu kunlar uchun haroratning mutloq maksimumidan kam. Eng iliq yillarda ushbu muddatlarda kunduzgi havo harorati 38-40° gacha, janubda 40-42° gacha ko‘tarilgan.

Haftaning oxiriga kelib, harorat 27-30° gacha pasayadi, bunday holat Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

20-21-mayda respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

O‘zgidromet 17-20-may kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel xavfi haqida ogohlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring