Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 21 aprel kuni Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yildan «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Achilov Murodjon Azamatovich Gurlan tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich, viloyat hokimi Ermanov Farxod Urazboyevich qatnashdi.
Qayd etilishicha, shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Salayev Alisher Ro‘zmetovich yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter