Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Guliston bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 20-dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida joylashgan bozorda yong‘in kelib chiqqan.

«Telegram»dagi «Sirdaryo xabarlari» kanalining xabar berishicha, yong‘inga elektr qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining sa’y harakatlari natijasida  bino atrofida joylashgan 150 tadan ortiq savdo do‘konlarining jami 3000 kv.metrdan ortiq maydoni hamda savdo do‘konlaridagi tovar moddiy boyliklarining asosiy qismi yong‘indan asrab qolingan.

Yong‘in gazlama sotiladigan do‘konlarda sodir bo‘lgan. Hozirda baxtsiz hodisa bartaraf etilgani ma’lum qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring