Geologlar 100 million inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkin bo‘lgan vulqonni aniqladilar
Kobe universiteti geologlari Yaponiya qirg‘oqlarida 34 kubkilometr magmadan iborat ulkan vulqonni aniqlashdi. Ushbu vulqon otilsa 100 million insonning hayotiga chek qo‘yishi mumkin. Bu ma’lumot «Science reports» jurnalida keltirib o‘tilgan.
Olimlar bundan 7300 yil avval Yaponiya janubida vujudga kelgan sivilizatsiyaga nuqta qo‘ygan vulqon kraterini ham o‘rgandilar. Vulqon ichida radiusi 10 kilometr, balandligi 600 metr bo‘lgan magma qatlami tobora kengayib bormoqda. Olimlarning fikricha, vulqon Xitoy, Shimoliy va Janubiy Amerika qirg‘oqlarida ham halokatga sabab bo‘luvchi sunamini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter