General Sayfulla Asatov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i maslahatchisi bo‘ldi
«Nuroniy» jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Sayfula Asatov viloyat IIBB maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida Sayfulla Asatovni yangi ishga kuzatishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Marosimda Toshkent viloyati hokimi v.b Rustam Xolmatov, «Nuroniy» jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Shuhrat Jalilov, shuningdek, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar ishtirok etdi.
O‘z mehnat faoliyatida tuman xalq sudi kotibi vazifasida boshlagan Sayfulla Asatov turli yillarda Toshkent shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi tergovchisi, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar IIB tergov boshqarmasi boshlig‘i muovini, boshqarma boshlig‘i, IIV muovini, Samarqand viloyati IIB boshlig‘i singari mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter