General-mayor harbiy unvonlari berildi — Prezident farmoni
O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan uch nafar polkovnikning harbiy unvoni oshirildi.
Xususan:
Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Saidov Aybek Azadovich;
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Shermatov Farhodjon Ortiqovich;
O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovichga navbatdagi general-mayor harbiy unvonlari berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter