Gaz zapravkalarda narx oshishiga rasmiy munosabat bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida narxlaring oshishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyulda qabul qilingan 387-son qaroriga ko‘ra, gaz quyish shoxobchalari uchun mahsulotlarni sotish narxlari oshmagan va bir xil darajada saqlanib qolgan. (Ushbu qaror bilan VMning 2022-yil 30-iyundagi 348-sonli qarori bekor qilindi).
«Shu munosabat bilan, AGTKShlarida avtotransport vositalariga yonilg‘i quyish uchun ishlatiladigan metan narxini oshirishning ob’yektiv sabablari yo‘q.
Biroq, eslatib o‘tamizki, Energetika vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari AGTKSh larning narx siyosatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas, chunki AGTKShlar bozor sharoitida faoliyat yuritadi va talab va taklifga qarab narxlarni o‘zlari shakllantiradi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter