Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gayane Umerova hukumat tarkibidagi jamg‘arma ijrochi direktori etib tayinlandi

Gayane Umerova hukumat tarkibidagi jamg‘arma ijrochi direktori etib tayinlandi

Hukumat tegishli qarori bilan Gayane Umerova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori etib tayinlandi.

Prezidentning «Madaniyat va san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta tashkil qilindi.

Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring