Federatsiya raisi tadbirkorlarni insofga chaqirdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov Navoiy viloyati Uchquduq tumani markaziy dehqon bozoridagi narx-navolar bilan tanishdi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mahalliy un 1 kg 5000 so‘mdan 6000 ming so‘mgacha, paxta yog‘i 14000 ming so‘m, o‘simlik yog‘i 16500 so‘mdan 17000 ming so‘mgacha, shakar 7500 so‘mdan 8000 so‘mgacha, mol go‘shti 60 mingdan 62000 ming so‘mgacha, qo‘y go‘shti 56000 so‘mdan 58000 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov tadbirkorlar bilan uchrashib suhbat qilib, xalqimizni og‘ir kunida ularni insofga chaqirdi.
O‘rganishlar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda o‘simlik yog‘i, shakar, tuxum va go‘sht mahsulotlari qimmatlashuvi kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter