Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi aholini ogohlantirdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi aholini ogohlantirdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yurtimiz dorixonalarida Hindistonning «Marion Biotech Pvt.Ltd» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «DOK-1 MAKS sirop 100 ml» va «DOK-1 tabletki №10» dori vositalarining realizatsiyasini to‘xtatish, realizatsiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish ko‘rsatmasini berdi.

«Ushbu dori vositasi respublikamizdagi barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yig‘ib olindi.

Agar biror tadbirkorlik sub’yektida mazkur «DOK-1 MAKS sirop 100 ml» va «DOK-1 tabletki №10» dori vositalari qolgan bo‘lsa, sizdan bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining murojaatlar bo‘limiga zudlik bilan xabar berishingizni so‘raymiz.

Agar siz ham ushbu dori vositasini sotib olgan bo‘lsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan bo‘lsa, uni zinhor qo‘llamaslikni va 71-203-27-77 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga jo‘natishingizni so‘raymiz», deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring