Farg‘onada niqob taqmaganlarning uyiga jarima qog‘ozi kela boshladi
Joriy yilning 17-oktyabridan respublikamizda birinchi bo‘lib Farg‘onada jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni videofotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yildi.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qilishicha, 17-oktyabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar ana shunday shaxslarning foto-video suratlari olinib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Fotosuratga olingan niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu bayonnomani esa, fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter