Farg‘onada jurnalistlar noma’lum shaxslar hujumiga uchradi
Farg‘onada «Effect.uz» sayti xodimlari noma’lum shaxslar hujumiga uchradi. Bu haqda sayt jurnalisti Elyor Tojiboyev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Quva tumanidan qaytishda noma’lum shaxslar sayt operatori mashinasini majburan to‘xtatib, uning (operatorning) ko‘ziga gaz purkab, so‘ng kaltaklashgan hamda tahririyat mulki bo‘lgan videokamerani olib ketishgan.
Sayt xodimlari voqelikda Quva tumani hokimligi mas’ullarini gumon qilishmoqda. Ular mahalliy fuqarolarning arizasini o‘rganish yuzasidan hokimlikda bo‘lishgan va qaytishda kutilmaganda hujumga duch kelishgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergov oldi tekshirish harakatlari boshlab yuborilgan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter