Farg‘onada davlat manfaatlariga 4,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Quvasoy shahrida 4,1 mlrd so‘mlik qum shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «F.X.» MChJ mas’ul shaxslari geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish uchun «Quvasoy-1» qum-shag‘al koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub. metr qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter