Farg‘onadagi avtosalonda mijozlarning 1 milliard so‘mdan ortiq puli o‘zlashtirilgan (video)
Farg‘ona shahrida joylashgan avtosalonlarning birining rahbarlari mijozlarning 1 milliardan ziyod pulini o‘zlashtirib, o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatishda gumonlanib qo‘lga olindi.
«Davr» informatsion dasturida xabar berilishicha, hozirda avtosalon rahbari va uning sheriklariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona shahar IIB tergovchisi Shahbozjon Komilovning ma’lum qilishicha, avtosalondagilar 10 dan ortiq mijozning avtomobil uchun qilgan 1 milliard so‘mdan ortiq to‘lov pullarini o‘zlashtirgan. Ular mijozlarni boshqa kishilar nomiga shartnoma qilish va tez kunda mashinalarni olib chiqib berish sharti bilan aldashgan.
Aybdorlarga JKning 168-moddasi bo‘yicha ish ochilib, tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter