Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona shifoxonalariga 40 dona «Damas» berildi

Farg‘ona shifoxonalariga 40 dona «Damas» berildi

Foto: Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida tez tibbiy yordam bo‘limlari va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiyot xodimlarining aholiga munosib xizmat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan mahalliy budjet hisobidan shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga 40 dona «Damas» rusumidagi maxsus avtomobili taqdim etildi. Natijada viloyatdagi tez tibbiy yordam avtomobillarining soni 400 tadan oshdi.

«Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Ubaydullayev va sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i X.Mamajonovlar mazkur avtomashinalarni topshirish jarayonida ular aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishiga ishonch bildirdilar», deyiladi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring